
OFK kubogi. "So‘g‘diyona"ning bugungi o‘yini qaysi telekanalda namoyish etiladi?
"So‘g‘diyona" bugun OFK kubogi doirasida Tojikistonning TsSKA jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
2-turdan o‘rin olgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi. Uchrashuvni "Futbol TV" jonli efirda namoyish etadi.
Ayni payt "E" guruhi turnir jadvalida Ulug‘bek Baqoev shogirdlari 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ulurning bugungi raqibi va "Oltin Asr" klublari 1 ochkodan jamg‘argan holda keyingi o‘rinlarni band etgan. "Neftchi" esa oxirgi pog‘onani egallagan.
Fikrlar