OFK kubogidagi raqibimiz “Xo‘jand” haqida qanday ma’lumotlarga egamiz?

  • 16 avgust, 2022, 15:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga OFK kubogi Mintaqaviy final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Tojikistonning Xo‘jand shahrida “Mustaqillikning 20 yilligi” stadionida bo‘lishi haqida oldinroq habar bergan edik.

Tecno

Xo‘jand - joriy yilda Tojikiston oliy ligasining 7 pog‘onasida ketmoqda. Jamoa 10 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta g‘alaba 4 ta durang hamda 3 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

To‘plar farqi 8-6 Xo‘jand foydasiga.

Klub OFK kubogining guruh bosqichida 4 ochko jamg‘arib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan. Tojikiston  klubi “Kopetdag” va “Dordoy” bilan bir guruhdan joy olgan edi. “Xo‘jand” musobaqaning guruh bosqchida 3 ta gol urib, 1 marta o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan. Daler Yodgorov ikkita gol urib, klubining OFK kubogidagi joriy mavsum to‘purari hisoblanadi. Yana bir gol esaTohir Malado‘stov nomiga yozilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!