
OFK "Nasaf"ni jarimaga tortdi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Qarshining "Nasaf" klubini jarimaga tortdi.
Gap shundaki, OFK Kubogi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Li Man"ga "Markaziy"dagi bahsda tartib-intizom qoidalari buzilganligi aniqlandi.
Birinchidan, "ajdarlar" 64.1 hamda 65.1-moddalar buzilganligi uchun 28 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydi.
Ikkinchidan, jamoa kodeksning 34.1 va 34.3-bandlari buzilganligi sababli shartli ravishda 21 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Biroq bu mablag‘ holat kelasi ikki yil ichida yana sodir bo‘lsagina to‘lanadi.
Uchinchidan, 1-bandga ko‘ra qarshiliklar 90 kun ichida 7 ming AQSh dollari to‘lashi lozim.
Fikrlar