OFK "Osiyo Kubogi - 2027" mezbonligi uchun O‘zbekiston va yana 4 mamlakat arizalarini qabul qildi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy "Tvitter" sahifasi "Osiyo Kubogi-2027" mezboni bo‘lish uchun 5 ta mamlakat tomonidan topshirilgan arizalarni qabul qildi. Da’vogar davlatlar qatorida O‘zbekistondan tashqari, Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni davlatlari bor.
Endi barcha arizalar atroflicha o‘rganilib, OFK rasmiy delegatsiyasi da’vogar mamlakatlarning qit’a birinchiligini o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
2027 yilgi Osiyo Kubogi mezboni kelgusi yilda e’lon qilinadi.

Fikrlar