OFK rasmiy sayti: Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston triller uchun tayyor! (prevyu)

  • 15 iyun, 2021, 16:20
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Osiyoda Jahon chempionati 2-saralash bosqichi yakunlanadi. Biz uchun muvaffaqiyatli boshlanmagan ushbu o‘yinlarni g‘olib sifatida tugatish imkoniyati mavjud. Buning uchun faqat g‘alaba talab etiladi, xolos. Biz bu ishni bir necha marotaba uddalaganmiz. Mazkur bahsning muhimligini barcha birdek his qilib turibdi. Hatto, OFK rasmiy sayti ham. Qit’a miqyosidagi birinchi manba bugungi muhim uchrashuvga quyidagi sarlavha bilan prevyu taqdim etdi: “Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston triller uchun tayyor!” Biz esa, uni sizlar uchun to‘liqligicha tarjima qilishni maqsad qildik.

“Engilmas Saudiya Arabistoni seshanba kungi durang evaziga ham guruhni peshqadam sifatida yakunlashi mumkin, O‘zbekiston esa, “D” guruhining so‘nggi bellashuvida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishi uchun mezbonlarni mag‘lubiyatga uchratishi shart. Shu bilan birga, ikkinchi o‘yinda Yaman g‘alaba qozongan taqdirda, Singapur va Falastinni ortda qoldirib, uchinchi pog‘onaga ko‘tarilish imkoniyatga ega.

1841573742012

Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston

Saudiya Arabistoni beshta g‘alaba va ikkita durangdan keyin 17 ochko bilan karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston 5 bor raqiblarini mag‘lub etgan va 2 marta imkoniyatni boy bergan holda, ikkinchi pog‘onada bormoqda. Ushbu mag‘lubiyatlardan biri deyarli 2 yil oldin Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadioniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “sahro lochinlari” Salim Al-Dovsarining so‘nggi daqiqada urgan goli evaziga 3:2 hisobida zafar quchgandi.

Markazlashgan tizimda o‘tkazilayotgan mini-turnirda har ikki tomon 100 foizlik natija qayd etmoqda: Saudiya Arabistoni 3 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi, 11 ta gol urdi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O‘zbekiston esa, 6 bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, birorta gol o‘tkazmadi.

photo_2021-06-07_23-29-30

Jaloliddin Masharipovning Yamanga qarshi bellashuvda kiritgan 19-daqiqadagi aniq penaltisi O‘zbekistonning g‘alabasi uchun etarli bo‘ldi. Arablar Al-Dovsari, Fahad Al-Muvallad va Ash-Shexrining sa’y-haraktalari tufayli Singapurga qarshi o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi. Barcha gollar 13 daqiqa ichida kiritildi.

Erve Renar shogirdlari Jahon chempionatida 2-saralash bosqichining so‘nggi uchrashuvida O‘zbekistonni mag‘lub etmasdan, durang o‘ynasa ham birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi. O‘zbekistonliklarni faqatgina g‘alaba qoniqtiradi. Bungacha tomonlar 8 bor to‘qnash kelgan: Saudiya Arabistoni 5 marta zafar quchgan, O‘zbekiston hisobida 2 g‘alaba mavjud. Yana bitta uchrashuvda tomonlar o‘zaro murosa ko‘chasini tanlagan (O‘zaro o‘yinlar statistikasi OFK rasmiy sayti ma’lumotlariga asosan yozildi)”.

photo_2021-06-15_15-43-21

Butun O‘zbekiston bir davraga jamlanadigan kun, barcha ishlar chetga suriladigan, uyqudan voz kechiladigan kun, hissiyotlar boricha namoyish etiladigan, ovoz boricha baqiriladigan kun. Ha, bugun O‘zbekiston o‘ynaydi. Bu shunchaki 15 iyun, haftaning seshanba, oddiy ish kuni emas. Bu kun siz uchun oddiy ahamiyat kasb etishi ham mumkin emas! Chunki siz o‘zbeksiz! Safardagi millatdosh birodarlaringizga esa, siz va bizning qo‘llab-quvvatlashimiz zarur!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
15/06/2021 16:39
ҲУДО ҲОҲЛАСАН НАСИБ ҚИЛСА АЛБАТТА БУГУН САУДИЯНИ ЮТАМИЗ ВА 1-БЎЛИБ КИЕЙИНГ БОСҚИЧГА ЧИҚАМИЗ. БУНГА МЕНДА ШАК ШУБҲА ЙЎҚ. СИЗ ҲАМ ИШОНИНГ ВА МТЖ МИЗНИ ДУО ҚИЛИБ БИРГА ҚЎЛЛАБ ҚУВАТЛАНГ.