
Og‘ir atletika. Doston Yoqubov va Adham Ergashev ham jahon chempionatida sovrinli o‘rinlarni egallay olmadi
Kolumbiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili Doston Yoqubov hamda Adham Ergashev -67 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishdi. Biroq hamyurtlarimiz bu gal shohsupaga ko‘tarila olmadilar. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yoqubov dast ko‘tarishda 135 kg bilan o‘n ikkinchi, siltab ko‘tarishda 172 kg bilan ettinchi va umumiy hisobda 307 kg bilan sakkizinchi pog‘onada musobaqani yakunladi. Afsuski, Adham Ergashev dast va siltab ko‘tarish mashqlarida hech bir urinishdan unumli foydalana olmadi.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCh
Erkaklar, -67 kg:
1-o‘rin - Fransisko Moskera (Kolumbiya) – 325 (143+182) kg
2-o‘rin - Lijun Chen (Xitoy) – 324 (148+176) kg
3-o‘rin - Vichuma (Tailand) – 323 (143+180) kg . . .
8-o‘rin - Doston Yoqubov (O‘zbekiston) – 307 (135+172) kg
Fikrlar