Og‘ir atletika. Omadillo Olimov delegatsiyamiz hisobiga 3 ta kumush medal qo‘shib qo‘ydi!

Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kuni ham biz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida +102 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan hamyurtimiz Omadillo Olimov dast ko‘tarishda 150 kg,  siltab ko‘tarishda 195 kg hamda ikkikurashda 345 kg natija bilan 3 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!