Og‘ir atletikachimiz ikki karra Osiyo yoshlar o‘yinlari chempioniga aylandi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Marjona Abdumutalova musobaqada o‘zining ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. -58 kg vazn toifasining siltab ko‘tarish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz 111 kg bilan yana bir Osiyo yoshlar o‘yinlari rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi!
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar