
Okamposning yagona goli "Sevilya"ni yarim finalga olib chiqdi (video)
UEFA Evropa ligasining chorak final bahslari ham o‘z yakuniga etdi. So‘nggi chorak final uchrashuvi “Vulverxempton” hamda “Sevilya” jamoalari o‘rtasida kechdi.
Bellashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan oxirlab borayotgan bir paytda Lukas Okampos 88-daqiqada gol urib, andalusiyaliklarni yarim finalga olib chiqdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Endi “Sevilya” bu bosqichda “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar