OKMK Avazbek O‘lmasaliev bilan shartnomani uzaytirdi

  • 4 yanvar, 15:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK klubi markaziy himoyachisi Avazbek O‘lmasaliev bilan shartnomani uzaytirdi. Unga ko‘ra, kelishuv muddati ikki yilga uzaytirildi. Endilikda tajribali futbolchi 2026 yilning so‘nggiga qadar "konchilar" sharafini himoya qiladi.

Tecno

Avazbek O‘lmasaliev 2024 yilgi Superliga mavsumida OKMK safida 13 o‘yinda maydonga tushib, jami 1074 daqiqa davomida samarali harakat qilgan va 2 ta gol urgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Kubogi bahslarida 3 ta o‘yin o‘tkazib, jami 267 daqiqa davomida maydonda harakatlangan va 2 bor golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!