OKMK bu mavsumda hozircha "Navbahor"ga yutqazmadi yoxud O‘zbekiston Kubogi yarim final oldidan

  • 18 oktabr, 2023, 14:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi, yarim final bosqichi doirasida OKMK Namanganning «Navbahor» jamoasini Olmaliqda qabul qiladi.

Tecno

Ushbu bahs jamoalarning mavsumdagi 3-o‘yiniga aylanadi. Superligada o‘tkazilgan 1-davradagi bahsda «konchilar» o‘z uyida «lochinlar» ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan. Namanganda o‘tkazilgan 2-davradagi o‘yinda esa durang (0:0) natijasi qayd etilgan.

Umumiy hisobda shu paytga qadar bu ikki klub o‘zaro 32 o‘yinda bahslashgan. Ustunlik «konchilar» tarafida — 13 g‘alaba. «Lochinlar» esa 9 bor jamoamizni mag‘lubiyatga uchratgan. Qolgan 10 uchrashuvda durang bo‘lgan.

Ta’kidlash lozimki, OKMK – «Navbahor» uchrashuvi O‘zbekiston Kubogi musobaqasida ilk marotaba o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Kubogi, ½ final.

19 oktyabr, payshanba

OKMK — «Navbahor» (18:00)

Olmaliq, «OKMK sport majmuasi» stadioni.

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Rishat Nugmanov, Aleksandr Sidorov, Farrux Yusupov

VAR: Rahimbek Karimov

AVAR: Andrey Tsapenko

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Bekzod Aripov

OKMK matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!