
OKMK ijaradagi ikki nafar o‘yinchisini qaytarib oldi
OKMK klubi yangi yilning ilk kunida transferga oid yangiliklarini taqdim qilishda davom etyapti.
2024 yilni avvaliga “Olimpik”, ikkinchi davrada esa “Bunyodkor”da ijarada to‘p surgan futbolchilari – Asadbek Rahimjonov hamda Ahmadullo Muqimjonov yana OKMKga qaytishdi.
20 yoshli Rahimjonov o‘tgan yili 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni bajardi. Muqimjonov esa 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi hamda 5 ta golli pasni uzatdi.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli himoyachi Asadbek Rahimjonov, 2024 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan OFK U-23 Osiyo Kubogida 2-o‘rin sohibi bo‘lish bilan birga, 2022 yilda (2023 yilda) Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida bronza medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, u 2024 yilgi Parij Olimpiadasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining sharafini himoya qilgan.
Endilikda ikkala o‘yinchi yangi mavsumda faoliyatini OKMKda davom ettiradilar.
Fikrlar