OKMK ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 20.02.2026 23:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK klubi Nodirbek Abdurazzoqov hamda Abror Komilov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma'lum qildi. 
 
Olmaliq klubi tarkib barqarorligini ta'minlash maqsadida navbatdagi muhim kelishuvlarni amalga oshirdi. 
 
Ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, Nodirbek va Abror bilan 4 yillik yangi bitim imzolandi. Endilikda iqtidorli futbolchilar 2029 yil yakuniga qadar "konchilar" sharafini himoya qiladi. 
 
Ma'lumot o‘rnida, Abdurazzoqov o‘tgan mavsum Superligada 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Karimov 15 bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!