OKMK "Lokomotiv"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi

  • 07.10.2024 21:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superligadagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida «konchilar» bugun Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. O‘yin 30 daqiqalik 4 taymdan iborat bo‘lib, umumiy hisobda olmaliqliklar 2:1 natijasida g‘alaba qozonishdi.

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda OKMKdan Aziz Xolmurodov va Eldorbek Begimov raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi, «temiryo‘lchilar»dan esa Temur Mamasiddiqov bir bor javob qaytarishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!