
OKMK serbiyalik legioneri bilan xayrlashdi
Joriy mavsum boshida OKMK safiga qo‘shilgan serbiyalik hujumchi Milan Shkrbich klubni tark etgani ma’lum bo‘ldi.
29 yoshli futbolchi birinchi davrada olmaliqliklar safida jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Aftidan, serbiyalik o‘yinchi OKMK jamoasiga moslasha olmagan ko‘rinadi. Chunki kam o‘ynadi va qolaversa, jarohatlar ham unga xalaqit qildi. Shu bois tomonlar do‘stona ravishda xayrlashdilar.
Fikrlar