OKMK serbiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

  • 20.02.2026 20:21
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Urosh Koyich OKMK  futbolchisi! 

Olmaliqning OKMK  jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Serbiyalik hujumkor yarim himoyachi Urosh Koyich bilan rasmiy shartnoma imzolandi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi 2+1 tizimida rasmiylashtirildi.

22 yoshli yangi futbolchimiz asosan Serbiya chempionatlarida toblangan bo‘lib, faoliyati davomida "Borats", "Indjiya" va "Loznitsa" kabi klublar sharafini himoya qilgan. U professional darajada jami 87 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Urosh Koyich professional faoliyatiga qadar "Vozhdovats U-19" jamoasi safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!