
Oksana Chusovitina Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining atletlar komissiyasi tarkibiga nomzod bo‘ldi
“Azizlarim, Sizlar bilan ajoyib yangilikni baham ko‘rmoqchiman. Bugun men XOQdan tashkilotning atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzodlardan biri ekanim haqida maktub oldim. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va XOQ nomzodimni tanlashgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman”, – dedi Oksana Chusovitina.
XOQ prezidenti Tomas Bax ushbu o‘ringa 30 nafar nomzod ko‘rib chiqilayotgani va Tokio Olimpiadasi yakunida ularning 4 nafari komissiyaning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilinishi haqida ma’lum qilgan.
Ta’kidlash joiz, bu o‘zbek sporti uchun ulkan yutuqdir. Shu paytgacha o‘zbekistonlik hech bir mataxassis mazkur komissiyaga a’zo bo‘lmagan. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Oksana Chusovitinaning XOQ atletlar komissiyasi tarkibiga kirishi yo‘lida ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.
Fikrlar