"Oktagon 28" turniri Toshkentda o‘tkaziladi

  • 12 yanvar, 2022, 15:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qozog‘istonning eng nufuzli "Oktagon" promoushenining turnirlarida ko‘plab o‘zbekistonlik MMA vakillari o‘z janglarini o‘tkazib keladi va bir qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha 19 fevral kuni mazkur promoushenning navbatdagi ya’ni, "Oktagon 28" turniri Toshkentda o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shohasan Mirzamatov, Diyorbek Diyorbek Ro‘ziboev, Suxrobjon Otajonov, Doston Bozorov, O‘g‘iloy Nasimova va umumiy tarzda 12 nafar yurtdoshimizning oktagonga ko‘tarilishi rejalashtirilmoqda. 

Yana ba’zi bir o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Tez orada to‘liq kardni e’tiboringizga havaola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!