"Oktagon 29": Hikmatillo Abdullaevdan super jang! U tojikiston vakiliga qarshi oktagonga ko‘tarildi

  • 24.03.2022 21:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Almati shahrida davom etayotgan, "Oktagon 29" turnirida yana bir O‘zbekiston vakili o‘z jangini o‘tkazdi. O‘ta engil vazn (61.2 kg) vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan, Hikmatillo Abdullaev tojikistonlik Nodir Alidodovga qarshi oktagonga ko‘tarildi va tom ma’noda har ikki jangchi turnirning eng tomoshabop jangini taqdim etdilar. 

To‘liq uch raund davom etgan to‘qnashuvda hamyurtimiz to‘liq ustunlik qildi va haqli tarzda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa Abdullaev faoliyatidagi 8-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uning faoliyatida bitta mag‘lubiyat ham bor.

Chiroyli jang va muhim g‘alaba bilan yurtdoshimizni tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!