Oladigan bormi? Manchesterliklar eng zo'r futbolchisiga narx belgiladi
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” so‘nggi yillarda jamoaning eng zo‘r o‘yinchi bo‘lib kelayotgan Brunu Fernandes uchun narx belgiladi.
Caught Offside jurnalistlari ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar portugalik yulduzni yozgi transferlar oynasi davrida mo‘may daromad evaziga sotib yuborishga tayyor.
Klub Fernandes transferidan 100 million yevro ishlab topmoqchi.
Biroq Fernandes keyingi mavsumda ham manchesterliklar safida o‘ynashda davom etishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi.
Brunu Fernandes 2020 yilda “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga 65 million yevroga o‘tgan. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda qatnashib, oltita gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar