Oladigan bormi? Superklub qimmatbaho oʻyinchiga narx belgiladi
Italiya chempionatida yetakchilik qilayotgan “Inter” klubi markaziy himoyachi Alessandro Bastoni bo‘yicha kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Bu haqida Sport.es sayti xabar berdi.
Milanliklar safida faqat hujumchilar Lautaro Martines va Franshesko Pio Esposito tegib bo‘lmas futbolchilar hisoblanadi. Qolgan o‘yinchilar esa yaxshi taklif bo‘lsa, jamoani tark etishiga ruxsat beriladi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Inter” Bastonini sotish bo‘yicha muzokaralarni da’vogarlar tomonidan 70 million yevro taklif qilingan holatda boshlaydi. Bundan past narxlar ko‘rib chiqilmaydi.
26 yoshli futbolchiga “Barselona” xaridor bo‘lmoqda va “Inter” qo‘ygan shartlardan xabardor. Biroq Kataloniya klubida 70 million yevro summasi ancha yuqori deb hisoblanmoqda.
“Barselona” mutasaddilari bu narxni pasaytirishga yordam beradigan variantlar bor degan fikrda. Masalan, bitimga “Barselona” futbolchilaridan biri qo‘shilishi mumkin.
Shuningdek, Bastonining “Inter”dan ketish istagi va uning shaxsiy moliyaviy shartlari ham muzokaralarda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Fikrlar