"Old Trafford" fasadidan Ronalduning surati olib tashlandi

  • 16 noyabr, 2022, 23:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" obro‘siga jiddiy zarar etkazdi. Yaqinda portugaliyalik forvard intervyu berib, klubni tanqid qildi va rahbariyat uni klubdan ketkizishga harakat qilayotgani haqida gapirgan. “Qizil iblislar” barcha faktlar aniqlangach, Ronalduning so‘zlariga javob qaytarishini aytd. Biroq mankunianliklar futbolchining so‘zlariga boshqacha yo‘l bilan reaktsiya bildirishdi.

Tecno

"Old Trafford" fasadidan Krishtianu Ronalduning suratini olib tashlandi, deb xabar beradi "Daily Express" nashri.

Oldinroq Krishtianu Ronaldu bir million funt jarimaga tortilishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!