O‘likday yotganimda Messi keldi...

  • 7 iyun, 2023, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines o‘tgan yili Qatar mezbonlik qilgan jahon chempionatida Lionel Messi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi.

Bu holat Argentina terma jamoasining chorak finalda Niderlandiya futbolchilarini mag‘lub etganidan keyin yuz bergan ekan.

- Men maydonda o‘likday yotardim. Kimdir meni quchoqladi va “Ishongim kelmayapti, sen yana buni uddalading, yana bizni qutqarding”, - dedi.

Ko‘zimni ochib, tepamga qaraganimda Leoni ko‘rdim. Bu holat umrbod yodimda saqlanib qoladi, - dedi Emiliano Martines.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Lionel Messi turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!