
Olimpiada g‘olibi Akbar Jo‘raev chempionlikdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘raev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamizning uchinchi medalni olib keldi. Hamyurtimiz jamoamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ymoqda.
Dast ko‘tarish mashqida 193 kg natija qayd etib, raqobatchisi armanistonlik Simon Martirosyandan 2 kg ortda qolayotgan Jo‘raev siltab ko‘tarish mashqi yakunida raqibini katta farq bilan ortda qoldirib delegatsiyamiz hisobiga oltin medal qatori Olimpiada rekordini ham qo‘shib qo‘ymoqda. Umumiy natija 430 kg! Sportchimiz chempionlikdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Hayajon juda katta. Avvalo, Prezidentimizga katta rahmat aytmoqchiman. Bundan tashqari, meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu g‘alabamni yurtimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishladim. Parij Olimpiadasida ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman.
Ushbu g‘alabam faqatgina mehnat va omad evaziga qo‘lga kiritildi, deb o‘ylayman. Barcha murabbiylarim, menga muxlislik qilgan hammaga rahmat aytaman.
Barcha havaskor yoshlarga sport bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo‘lardim".
Fikrlar