"Olimpik" kubok bahslarida "Navbahor"ga ikki bor mag‘lub bo‘lgan (prevyu)

  • 01.06.2023 16:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi “F” guruhi 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Olimpik” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Tomonlar kubok o‘yinlarida shu paytgacha ikki marta ro‘baro‘ kelgan: 2021 yili guruh bosqichi va 2022 yili 1/8 finalda.

Mazkur bellashuvlarning har ikkisida ham “lochinlar” 1:0 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l olgan. 2021 yili esa 1/8 final yo‘llanmasini "olimpiyachilar" ham 2-o‘rin sohibi sifatida qo‘lga kiritgandi.       

Prevyu. Olimpik Navbahor o‘yiniga  Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari:

                                 2021 yil

30.04.2021.  “Navbahor” – “Olimpik” – 1:0 (1:0)

Gol: Mirzohid G‘ofurov (29).  

                               2022 yil

23.08.2022. “Olimpik” – “Navbahor” – 0:1 (0:1)

Gol: Jamshid Boltaboev (20).

Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi 2 iyul kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 20:00 da start oladi.

“Navbahor” matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!