
"Olimpik"ning ikki futbolchisi "Neftchi" yig‘inida ishtirok etmoqda
"Neftchi" birinchi davra yakunlanganidan so‘ng, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtimizda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Jamoa davralar oralig‘ida har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabi yozgi davralar oralig‘ida reja asosida yig‘in olib bormoqda.
Poytaxtimizdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyulgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur yig‘in davomida farg‘onaliklar 4 ta nazorat bahsi o‘tkazishni rejalashtirgan. Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari 13, 17, 21 va 25 iyul kunlari o‘tkaziladi, jumladan 13 iyul kuni Proliga vakili "Yangier-Quruvchi" klubiga qarshi maydonga tushishadi.
Tarkibdagi o‘zgarishlar ham jamoa muhlislarini qiziqtirishi turgan gap, jamoaga hozirgi kunda "Olimpik" klubida harakat qilib kelgan yosh himoyachi Sardorbek Mahmudov va yarim himoyachi Xumoyun Eshbo‘taev mashg‘ulotlarda ko‘rinish berdi, bundan tashqari hujumchi Shahzod Ubaydullaev ham kichik jarohatdan so‘ng safga qaytgan. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davom etmoqda.
"Neftchi" matbuot xizmati
Fikrlar