Oliver Kan: “Xabining g‘oyalari "Madrid" klubiga to‘g‘ri kelmaydi”
"Bavariya"ning sobiq darvozaboni Oliver Kan Xabi Alonsoning "Real"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Realning hozir ko‘rsatayotgan natijalaridan hayron emasman,chunki Xabining g‘oyalari "Madrid" klubiga to‘g‘ri kelmaydi. Alonsoning tizimli futboli va pozitsion o‘yiniga asoslangan yondashuvi o‘ziga xos futbolchilarni talab qiladi. Ammo bu jamoada futbol uslubi butunlay boshqacha. "Qirollik klubi"da futbolchilardan erkinlik va individuallik talab qilinadi. Bu erda futbolchilar ma’lum bir tizimda o‘ynashni istamaydi asosiy tushunmovchilik mana shunda", - dedi germaniyalik sobiq posbon.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso shogirdlari oxirgi 8 ta uchrashuvning faqat 2 tasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar