
Oliver Kan "Bavariya" prezidenti bo‘lishi mumkin
Germaniyalik afsonaviy darvozabon Oliver Kan o‘zining sobiq klubi – “Bavariya” prezidenti bo‘lishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxen superklubining amaldagi prezidenti Uli Xyoness aynan Kanni o‘ziga munosib o‘rinbosar sifatida e’tirof etmoqda.
Ma’lumot uchun, Oliver Kan “Bavariya” safida 1994-2008 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar