
“Olmaliq”ni Zohir Pirimov, Evgeniy Gogol va 12 nafar futbolchi tark etdi
4 yanvardan “Olmaliq”ning yangi mavsum tayyorgarligi doirasidagi ikkinchi yig‘ini boshlandi.
Kechagi mashg‘ulotlarda 19 nafar futbolchi ishtirok etdi. Dekabr oyida o‘tkazilgan ilk yig‘in yakunida bir qator futbolchilarga javob berilgandi.
Tarkib o‘zgarishlari bu yig‘in arafasida ham davom etdi. 2016 yil mavsumida jamoa sharafini himoya qilgan Umid Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Nikita Shkvirin, Evgeniy Gogol, Saidkomil Akbarov, Oybek Nurboev, Hasan Asqarov, Sunnatilla Abdullajonov, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Otabek Valijonov, Arslonmurod Omonov, Yahyo Ro‘ziev, Mo‘ydin Mamazulumovning shartnomasi yakuniga etdi. O‘tgan yillar davomida “Olmaliq” tarkibida faoliyat yuritgan futbolchilar jamoa rahbariyati o‘z minnatdorchiligini bildiradi va ularning kelgusi ishlarida omad tilaydi.
Fikrlar