«Oltin to‘p-2026»: 11–15-o‘rinlarni egallagan futbolchilar e’lon qilindi
Jud Bellingem «Oltin to‘p»–2026 so‘rovnomasida 11-o‘rinni egalab, o‘tgan yilga nisbatan 12 pog‘onaga yuqoriladi.
Angliya terma jamoasi va Madriddning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem «Oltin toʻp-2026» uchun ovoz berish natijalariga koʻra, 11-oʻrindan joy oldi.
Futbolchi yakuniy reytingda kuchli oʻnlikka kirishga bir qadam qoldirdi. Undan keyingi oʻrinlarni hamyurti Deklan Rays, portugaliyalik Vitin'ya, marokashlik Ashraf Hakimi va ispaniyalik Pau Kubarsi egalladi.
11-oʻrindan 15-oʻringacha boʻlgan futbolchilar:
- Jud Bellingem («Real», Angliya)
- Pau Kubarsi («Barselona», Ispaniya)
- Ashraf Hakimi («PSJ», Marokash)
- Vitin'ya («PSJ», Portugaliya)
- Deklan Rays («Arsenal», Angliya)
Bellingem oʻtgan yildagi ovoz berish natijalariga nisbatan 12 pogʻona yuqoriladi. 2025 yilda angliyalik yarim himoyachi 23-oʻrinni egallagan edi.
«Oltin toʻp-2026»ni topshirish marosimi 27 oktabrga oʻtar kechasi Londonning «Palladium» teatrida boʻlib oʻtadi. Marosim Qozogʻiston vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Izohlar (0)