
"Oltin to‘p" favoritlarining yangilangan reytingi e’lon qilindi
"Goal.com" nashri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun favoritlar reytingini yangiladi.
Sovringa asosiy davogar yozda PSJdan “Inter Mayami”ga o‘tgan hujumchi Lionel Messi. “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland ikkinchi o‘rinda qoldi.
“Oltin to‘p-2023”ga nomzodlar 6-sentyabr, chorshanba kuni e’lon qilinadi. Taqdirlash marosimi 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Top 20 quyidagicha ko‘rinadi:
1. Lionel Messi (PSJ, “Inter Mayami”ga o‘tdi);
2. Erling Xoland (“Manchester Siti”);
3. Kilian Mbappe (PSJ);
4. Vinisius Junior ("Real");
5. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti");
6. Rodri ("Manchester Siti");
7. Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti", "Barselona"ga o‘tdi);
8. Viktor Osimhen ("Napoli");
9. Xulian Alvares ("Manchester Siti");
10. Robert Levandovski ("Barselona")
11. Bernardu Silva ("Manchester Siti");
12. Karim Benzema ("Real", "Al-Ittihod"ga o‘tdi);
13. Xvicha Kvarattsxeliya (“Napoli”);
14. Jud Bellingem ("Borussiya", "Real"ga o‘tdi);
15. Lautaro Martines ("Inter");
16. Jon Stounz ("Manchester Siti")
17. Markus Reshford ("Manchester Yunayted");
18. Bukayo Saka ("Arsenal");
19. Jek Grealish (“Manchester Siti”);
20. Kazemiro ("Manchester Yunayted")
Fikrlar