“Oltin to‘p” sohibi kelsa, Vinisius “Real”dan ketadi!
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Zhunior 2024 yildgi “Oltin to‘p” sohibi Rodri bilan bir jamoada o‘ynashni xohlamayapti.
Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri hozirda “Manchester Siti” futbolchisi bo‘lib, u “Qirollik klubi”ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
El Nacional xabar berishicha, Vinisius madridliklar rahbariyatiga agar Rodri klubga olib kelingan bo‘lsa, jamoani tark etishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, aslida 2024 yildgi “Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy da’vog‘ar Vinisius Zhunior bo‘lgan. Biroq oxirida kutilmaganda nufuzli sovrin Rodriga topshirilgan. “Real” o‘shanda “Oltin to‘p” sovrini taqdimotini boykot qilgan edi.
Vinisius Zhuniorning “Real” bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Avvalroq xabar qilinganidek, tomonlar futbolchining maosh bo‘yicha talablar sababi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayapti.
Fikrlar