Oltin to‘p uchun asosiy da’vogarlar reytingi bilan tanishing

  • 20.02.2026 19:48
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsumdagi oʻyinlariga qarab Oltin toʻp yutish imkoniy yuqori boʻlgan futbolchilar reytingi tuzib chiqildi.

Nufuzli nashrlar 2026 yildgi Oltin toʻp mukofoti uchun asosiy daʼvogarlar reytingini tuzib chiqdi. Ushbu roʻyxatda Madriddning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe yetakchilik qilmoqda. Fransiyalik futbolchining ushbu sovrinni yutish imkoniyati 26 foizni tashkil etadi. Ikkinchi oʻrindan esa Angliya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Harri Keyn joy olgan. Uning imkoniyatlari 18 foizga baholanmoqda. Kuchli uchlikni "Barselona" vingeri Lamin Yamal yakunlab beradi. Ushbu nashrga koʻra Yamalning sovrinni qoʻlga kiritishi 16 foiz etib belgilangan. Bu futbolchilardan tashqari Erling Xoland, Deklan Rays va Vinisius Juniyor ham favoritlar qatorida tilga olinmoqda.

Maʼlumot uchun, ushbu sovrining amaldagi gʻolibi PSJ yetakchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!