“Oltin to‘p”ga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati

  • 08.09.2026 22:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon futbolidagi eng nufuzli individual mukofot – 2026 yildagi «Oltin toʻp» uchun 30 nafar nomzod nomi maʼlum boʻldi. Nomzodlar France Football jurnali tomonidan taʼsis etilgan mukofotga bagʻishlangan maxsus marosimda eʼlon qilindi.

2026 yildagi «Oltin toʻp» nomzodlari:

Jud Bellingem («Real» Madrid), Pau Kubarsi («Barselona»), Mark Kukurelya («Real» Madrid), Usmon Dembele («PSJ»), Luis Dias («Bavariya»), Brunu Fernandes («Manchester Yunayted»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Gabriyel Magalyayns («Arsenal»), Harri Keyn («Bavariya»), Ashraf Hakimi («PSJ»), Lamin Yamal («Barselona»), Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Markinyos («PSJ»), Sadio Mane («Al-Nasr»), Lautaro Martines («Inter»), Kilian Mbappe («Real» Madrid), Nunu Mendes («PSJ»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Maykl Olise («Bavariya»), Joau Neves («PSJ»), Vilyam Pacho («PSJ»), Xulian Kinyones («Al-Qodisiyа»), Deklan Rays («Arsenal»), Rodri («Barselona»), Fabian Ruis («PSJ»), Ferran Torres («PSJ»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Dayot Upamekano («Bavariya»), Vinisius Juniyor («Real» Madrid), Vitinya («PSJ»).

2026 yildagi «Oltin toʻp»ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuniga belgilangan. Tadbir Londonda boʻlib oʻtadi. Bu marosim mukofot tarixidagi 70-yubiley tadbiri boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, gʻolib FIFA reytingidagi eng kuchli 100 ta mamlakatni ifodalaydigan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Mukofotning amaldagi sohibi «Pari Sen-Jermen» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!