
"Oltin to‘p"ni shu futbolchi olishi kerak edi...
Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Benjamin Pavar polshalik jamoadoshi Robert Levandovski “Oltin to‘p”ni olishga munosib deb hisoblashini aytdi.
“U bu safargi “Oltin to‘p”ga loyiq edi. Men uchun gol urishdan to‘xtamaydigan ikkita hujumchi bor: Robert Levandovski va Karim Benzema. Ular - afsonalar”, - deydi futbolchi.
Joriy mavsumda Levandovski Bundesligada 19 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, o‘z navbatida Benzema La Ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2021 yilgi “Oltin to‘p” PSJ hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.
Fikrlar