"Omad, afsona!"-TsSKA futbolchisi Fayzullaevning ketishiga munosabat bildirdi

  • 31 iyul, 20:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi himoyachisi Danil Krugovoy yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning "armiyachilar"ni tark etib, faoliyatini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida davom ettirishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

"Abbosik, bilaman, sen juda-juda katta joyda o‘ynashni orzu qilasan va ishonamanki, sen buni uddalaysan! Omad, afsona! Yarqira!" - deb yozdi Krugovoy o‘zining telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abbosbek  2023 yilning yozida "Paxtakor"dan 500 ming evro evaziga TsSKAga o‘tgan. U jami 72 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan. TsSKA bilan birgalikda Fayzullaev Rossiya kubogi va Superkubogi hamda RPLning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Klub safida o‘ynagan davrida u Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!