Omonmurodovaning Moksvada omadi kelmadi

O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Oqgul Omonmurodova ITF taqvimidan o‘rin olgan, Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tadigan “Moskow Open” turniridagi ishtirokini boshladi.

Hamyurtimiz sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirni asosiy to‘r bahslaridan boshlashi haqida xabar bergan edik. Oqgulning ilk davradagi raqibasi rossiyalik Anastasiya Pivovarova bo‘ldi.

Mezbon tennischisi Oqgulni 1 soat 28 daqiqada taslim etdi – 6:4, 6:3. Shu tariqa, Omonmurodova yakkalik bahslaridagi yurishini yakunladi.

Endi 33 yoshli tennischimiz juftlik bahslarida sherigi Valentina Ivanenko bilan o‘z omadini sinab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!