Silvaning qarori qat’iy

  • 16 may, 2020, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniyalik yarim himoyachi David Silva “Manchester Siti”da joriy mavsumni yakunlab qo‘ymoqchi.

Aslida futbolchining jamoa bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etardi. U jamoani tark etishi kerak edi. Lekin pandemiya tufayli chempionat  cho‘zildi va endi Silva joriy mavsum qachon yakunlansa, shungacha jamoa bilan birga bo‘ladi.

“Shaharliklar” tarkibiga bundan roppa-rosa o‘n yil muqaddam qo‘shilgan futbolchi bu davr ichida 424 uchrashuv o‘tkazdi. U to‘rt karra Angliya chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!