“Barselona”da yosh vunderkindlarni qanday “sindirishadi”?

  • 15 may, 2020, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Jerar Deulofeu akademiyada o‘zini ko‘rsatgan yoshlar qanday qilib, katta futbolda sinib qolayotganiga izoh berdi.

- Sen yosh bo‘la turib “Barselona”da to‘p surgan, hamma senga yangi “Messi”, yangi “Inesta” sifatida qaray boshlaydi va yulduz darajasida ko‘radi. Natijada yosh futbolchi bu bosimni engolmaydi. Men “Barselona”da tarbiyalanganimdan mamnunman. Lekin asosiy jamoada o‘ynab ketolmaganimni hamma biladi.  Ikkinchi jamoada yaxshi o‘ynaysan va asosiy tarkibga o‘tganidan keyin u erda Messi kabi zo‘r o‘yinchilar borligini tushinib etasan. Ana o‘shanda o‘tirib o‘z vaqtingni kutishing yoki boshqa erga ketishing haqida qaror qilishga majbur bo‘lasan, - dedi iste’dodli futbolchi.

Ayni paytda Jerar Deulofeu Angliya chempionatida “Uotford” sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!