Onananing transferi "Manchester Yunayted"ga qanchaga tushadi?

  • 29.06.2023 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” darvozaboni Andre Onananing transferi "Manchester Yunayted"ga bonuslar bilan birga 60 million evroga tushadi. Jurnalist Alfredo Pedullaning fikricha, “Inter”ning talablari shu.

Manbaga ko‘ra, milanliklar 27 yoshli kamerunlik futbolchini olish oson bo‘lgan 12-15 million miqdoridagi bonuslar sharti bilan 45-48 millionga sotishga tayyor.

Oldinroq "Manchester Yunayted" Onana uchun 50 million evro va bonuslar taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi. Ammo “neradzurrilar” ushbu taklifni rad etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!