ONE Championship Turkiya hamda qozog‘istonlik iste’dodlar bilan shartnoma tuzdi!

  • 3 aprel, 2024, 15:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

ONE Championship promousheni mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan jangchilar bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Ular – Samat Mamedov (Qozog‘iston) va Alibeg Rasulov (Turkiya). Har ikki jangchi ham professional faoliyatida mag‘lubiyatga uchramagan. Ularning jang sanasi va raqiblari keyinroq ma’lum qilinadi.

Tecno

 Avvalroq, ONE promoushenining uch vazn toifasida chempioni, rossiyalik Anatoliy Malixin to‘rtinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Mart oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan "ONE 166" turnirida Malyxin gollandiyalik Rene de Ridderni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi va o‘rta vazn toifasida (93 kg) promoushenlik chempioniga aylandi. Ilgari rossiyalik yarim og‘ir vaznda (103 kg) va og‘ir vaznda (120 kg) kamarlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!