"Opta" — APL chempionligi bo‘yicha yangilangan hisob-kitobni e’lon qildi: "Arsenal" asosiy da’vogар
Statistika kompaniyasi "Opta" Angliy Premier-ligasi chempionligi bo‘yicha yangilangan prognozni e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, asosiy da’vogar — Londonning "Arsenal" jamoasi.
— "Arsenal" — 90,54%
— "Manchester Siti" — 8,17%
— "Aston Villa" — 1,14%
— "Chelsi" — 0,11%
— "Manchester Yunayted" — 0,04%
Jadvalda "kanonirlar" 25 o‘yindan so‘ng 56 ochko to‘plagan va yetakchilik qilmoqda. "Manchester Siti" 6 ochko orqada qolsa, "Aston Villa" — 9, "Manchester Yunayted" — 12, "Chelsi" esa 13 ochko kam to‘plagan. "Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, aynan "Arsenal" chempionlik uchun eng katta imkoniyatga ega.

Fikrlar