"Оpта" nashrining superkompyuteri YEChLda kim g‘olib chiqishini taxmin qildi
18 mart kuni YEChLning 1/8 finali bosqichi yakunlanib, chorak final juftliklari nomi ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng "Oрta" nashrining superkompyuteri jamoalarning ushbu turnirda g‘olib chiqish imkoniyatlarini qaytadan hisoblab chiqdi.
Bu hisob-kitobga ko‘ra, musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblangan Parijning PSJ jamoasi 11,87 foiz bilan 4-o‘rindan joy oldi. Avvalgi hisob-kitoblarda bo‘lgani kabi, birinchi pog‘onani Londonning "Arsenal" klubi (29,73%), keyingi pog‘onalarni esa "Bavariya" (18,33%) va "Barselona" (15,66%) jamoalari egalab turibdi. "Real", "Liverpul", "Atletiko" va "Sporting" kabi jamoalarning imkoniyatlari 10 foizdan pas baholanmoqda.
Ma'lum uchun, chorak final bosqichida "Real" "Bavariya"ga, "Sporting" "Arsenal"ga qarshi maydonga tushsa, "Barselona" "Atletiko" bilan PSJ esa "Liverpul" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar