Opta superkompyuteri Oʻzbekistonning Kongoga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonish ehtimolini baholadi
2026 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi "K" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Kongo Demokratik Respublikasi – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan kuchlar nisbati sun’iy intellekt yordamida baholandi.
Opta superkompyuteri 25 mingta virtual o‘yin modellashtirib, ehtimoliy natijalarni hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, ushbu bahsda ustunlik Kongo terma jamoasi tomonida: afrikaliklarning g‘alaba qozonish ehtimoli 48,9 foizga baholangan.
O‘zbekiston terma jamoasining yutishiga 26,8 foiz, durang qayd etilishiga esa 24,3 foiz ehtimol berilgan.
"K" guruhida ikki turdan so‘ng vaziyat quyidagicha: Kongo bir ochko jamgarib, jadvalda uchinchi o‘rinni egalab turibdi. O‘zbekiston hozircha ochko ololmagan va to‘rtinchi pog‘onada joylashgan. Guruhda Kolumbiya olti ochko bilan peshqadam. Portugaliya to‘rt ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
2026 yildgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada hududida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 11 iyunda start olgan bo‘lib, 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.

Fikrlar