Oq Uydagi UFC turnirida juda katta fojia yuz berishi mumkin edi
AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) Oq Uy hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "UFC Freedom 250" turniriga qarshi ehtimoliy terrorchilik hujumining oldi olinganini ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10 iyun kuni aniqlandiган tahdid yuzasidan olib borilgan tergov natijasida 5 nafar gumondor qo‘lga olingan. Shuningdek, huquq-tartibot organlari yana 23 kishini ehtimoliy fitna tarmog‘i bilan bog‘liq shaxslar sifatida aniqlagan.
AQSh OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, gumondorlar portlovchi moddalar bilan jihozlangan dronlardan foydalanib, tadbir o‘tkaziladigan hudud yaqinidagi binolarga hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu harakatlar ommaviy vahima keltirib chiqarishi va keyingi bosqichdagi hujumlarga zamin yaratishi kerak bo‘lgan.
Biroq tergov hali davom etmoqda va hujum ssenariysiga oid ayrim tafsilotlar hozircha to‘liq tasdiqlanmagan. FBI esa tahdid bartaraf etilgani va tadbir xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini bildirgan.

Fikrlar