Oqgul Moskvada sovrin uchun kurashni davom ettiradi!
Xabaringiz bor, O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Oqgul Omonmurodova Moskvada davom etayotgan “Moskow Open” turnirining juftlik bahslarida yurishini davom ettirmoqda.
Rossiyalik Valentina Ivanenko bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz bugun sovrin jamg‘ramasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning yarim finalida Darya Afanaseva/Anna Tselykovskaya(ikkalasi Rossiya) juftligiga qarshi bahs yuritdi.
E’tiborlisi, Oqgul va uning sherigi g‘alaba qozonishi uchun 57 daqiqa etarli bo‘ldi. Ular ilk setda 6:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsalar, ikkinchi setda Oqgul/Valentina juftligi raqibalariga birorta geymni boy bermadi – 6:0.
Shu tariqa, Oqgul va uning sherigi mazkur turnirda finalga yo‘l olishdi.



Fikrlar