“Oqtepa” boks klubi binosi zamonaviy ko‘rinish oladi
“Oqtepa” boks klubi O‘zbekiston professional boks olamida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ya’ni mazkur zalning xurmat qilishga arzigulik tarixi bor. Bu erdan bir qator chempionlar etishib chiqqanligi ham bunga misol bo‘la oladi. Hozirda, ushbu majmuada qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Maqsad, “Oqtepa” zalini zamonaviy, jahon standartlariga to‘la javob bera oladigan ko‘rinishga keltirish. Avvallari, bitta ring bo‘lsa, yangi xolatida ikkita ring bo‘ladi. Yana bir qator jiddiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Murabbiy Zufar Sulaymonovning ta’kidlashicha, ushbu zamonaviy boks klubi binosi sentyabr oyiga, mustaqilligimizning 28 yilligi shodiyonalariga qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar