
"Ordabasi" ikkinchi turdayoq ochko yo‘qotdi, Umarov jarohat oldi
Qozog‘iston chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Atirau" - "Ordabasi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Shimkentliklar safida harakat qilayotgan legionerlarimiz Jasurbek Yaxshiboev va Shahbozbek Umarov ilk daqiqalardanoq maydonga tushirildi. Biroq o‘yinning 14-daqiqasida Umarov jarohat oldi va zaxiraga olindi. Yaxshiboev esa 81-daqiqada harakat qildi.
Shu tariqa, amaldagi chempionlar ikkinchi turdayoq ochko yo‘qotdi.
Fikrlar