
"Orenburg" nazorat bahsida Polsha klubini taslim etdi, Afonin esa to‘liq o‘ynadi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Evropa milliy chempionatlari, jumladan Rossiya premer-ligasi jamoalari ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Kecha hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan “Orenburg” Polshaning "Krakoviya" klubiga qarshi nazorat bahsi o‘tkazdi. Uchrashuv 1:0 hisobida rus klubi foydasiga hal bo‘ldi.
E’tiborlisi, Afonin shu kuni to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
"Orenburg" - "Krakoviya" - 1:0 (1:0)
Gol: Despotovich, 35.
"Orenburg": Dovbnya, Sivakov, Malyx, Terexov (Rikardu Alvesh, 46), Malyarov (Chukanov, 46), Shaxov, Kozlov, Afonin, Kulishev (Galadjan, 46), Ayupov (Bolotov, 80), Despotovich (Bidlovskiy, 60).
Fikrlar