
O‘rtamiyona jamoaga aylanib borayotgan "Navbahor", to‘xtashni istamayotgan "So‘g‘diyona", Termizda zo‘rg‘a durang o‘ynagan "Loko" va boshqalar
10-11 avgust kunlari Superliganing 16-turi o‘tkazildi. Uchrashuvlarda kutilmagan natijalar ham kuzatildi. Jumladan, "Navbahor" Namanganda AGMKga mag‘lub bo‘ldi. Umuman olganda oxirgi paytdagi salbiy natijalar tufayli "lochinlar" o‘rtamiyona klubga aylanib qolishmoqda.
"Qo‘qon-1912" esa Samarqandda g‘alaba qozondi. Bu sensatsiya. Chunki "Dinamo"ni o‘z uyida mag‘lub etish juda qiyin edi. "Lokomotiv" bu gal "Surxon"ga qarshi bahsda zo‘rg‘a mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Aks holda "temiryo‘lchilar"ning poezdi yana ta’mirga muhtojligi ko‘rinib qolardi. "Nasaf" esa Qarshida "Bunyodkor"ni taslim etdi.
Qarshiliklar “Navbahor” muxlislarini ortda qoldirishdi. Jizzaxda ham ishqibozlar soni ko‘paymoqda
Quyida ushbu turning to‘liq tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.
DINAMO - QO‘QON-1912 0:1
Uchrashuv qo‘qonliklar uchun omadli boshlandi. Ilk daqiqadagi hujumda mehmonlar hisobni ochishdi. Shahboz Erkinov qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
25-daqiqada maydon egalari qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Bahodir Nasimov vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Oradan biroz vaqt o‘tib, mezbonlar yana bir golli vaziyatni ko‘kka sovurishdi.
Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tib, jamoalar taym davomida tinimsiz hujumlarni tashkil etishdi.
Ikkinchi taymda ham o‘yin shunday ruhda davom etdi. Biroq samarqandliklar o‘z muxlislarini hursand eta olishmadi. Chunki qulay imkoniyatlar ko‘kka sovurildi. Qolaversa, “Qo‘qon-1912” ikkinchi taym o‘rtalarida bir kishi kam bo‘lib qolsa-da, g‘alabani ushlab qolishni uddaladi.
Gol: Shahboz Erkinov 1
«Dinamo»: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqaev, Akmal Xolmurodov, Qadamboy Nurmetov (Amirjon Safarov, 53), Bahodir Nasimov, Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov (Obidjon Hakimov, 60), Damir Temirov (Ixtiyor Toshpo‘latov, 60), Sardor Iminov, Jasur O‘rinov, Shohruh Abdurahmonov.
Zaxira: Shohruh Raimov, Hakimjon Alamxonov, Nizom Norov, Siroj Hamroev, Komil Sharofuddinov, Dilmurod Karimov.
«Qo‘qon-1912»: Islomjon Abdullaev, Sobit Sindarov, Quvondiq Ro‘ziev, Avazxon Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Jahongir Ahmadov, Suhrob Berdiev (Zafar To‘raev, 75), Shahboz Erkinov (Timur Usmonov, 46), Aleksandr Merzlyakov (Jamshid Hasanov, 70), Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: Sarvar Karimov, Timur Hakimov, Jasur Hasanov, Iqbol Malikjonov, Jasur Yoqubov, Alisher Samatov.
Ogohlantirishlar: Sobit Sindarov 45, Jahongir Ahmadov 47, Jasur O‘rinov 53, Islom Abdullaev 88.
Chetlatish: Sobit Sindarov 64
Hakamlar: Vadim Agishev, Ravil Shoahmetov, Olim Abduvosilov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Diyor Imomxo‘jaev
5900 tomoshabin.
Aziz To‘xtaboev: - Barcha hamyurtlarimizni jamoamiz nomidan Qurbon hayiti bilan muborakbod etamiz. Bugungi g‘alabamiz muxlislarimizga bayram sovg‘asi bo‘ldi. Bellashuv qiyin kechishini bilardik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Bizga bitta g‘alaba etishmayotgandi. Mana, bugun uni qo‘lga kiritdik.
Sobit Sindarovni birinchi sariq kartochkasidan keyin almashtirmaslikka qaror qilgandik. Lekin... Futbolda shunday holatlar bo‘lib turadi.
Temur Kapadzeni yozda “Qo‘qon-1912”ga taklif etgandik. Uning oldida muhim vazifalar borligi uchun rad javobini bergandi. Hozir esa jamoamizga o‘zining qimmatli maslahatlarini berib kelmoqda.
Bugungi o‘yin uchun maxsus reja ishlab chiqqandik. Negaki, raqibimiz o‘z maydonidagi uchrashuvlarda ko‘proq hujumkorlikka zo‘r berayotgandi. Shu bois besh nafar himoyachi bilan o‘yinni boshladik. Rejamiz ish berganidan xursandmiz.
Davron Fayziev: - Avvalambor, Qurbon hayiti bilan barchani tabriklayman.
Kayfiyat juda yomon. Sababi, men o‘z jamoamni taniy olmayapman. Ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchrayapmiz. Yigitlarimizda o‘zlariga nisbatan ishonch yo‘qolgandek yoki shogirdlarim raqibni mensimayotgandek. Bugungi uchrashuv 6 ochkolik emas, hattoki 9 ochkolik bahs edi. Bizga ham, mehmonlarga ham g‘alaba juda zarur edi. Mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman, bunda murabbiy sifatida aybdorman.
Omad ham biz tomonda emasdi. Xuddiki bizni sehrlashgandek, darvozaga kirishi kerak bo‘lgan to‘p golga aylanmayapti.
SURXON - LOKOMOTIV 1:1
O‘zbekiston kubogidan “Lokomotiv”ni chiqarib yuborgan “Surxon”ni yana bir sinov kutayotgandi. Termizliklar o‘sha g‘alaba tasodif emasligini isbotlashlari, toshkentliklar esa buning uchun “qasos” olishga urinishlari kutilgandi. Amalda ham shunday bo‘ldi.
Uchrashuv juda asabiy ruhda kechdi. Futbolchilar bir-birlarini ayab o‘tirishmadi.
Birinchi taymda jamoalar ancha ehtiyotkor o‘yin namoyish etishdi. shu bois gol ikkinichi bo‘limda urildi.
75-daqiqada chap qanotdan etkazib berilgan to‘pni Abdulaziz Yusupov to‘xtatmasdan to‘rga joylab qo‘ydi.
Shundan so‘ng ustunlik mehmonlar tomoniga o‘tib, hisobni tenglashtirish maqsadida yanada bosimni kuchaytirishdi. Shu o‘rinda «Surxon» posboniga tasanno, agar Sardor Qobuljonov darvozani qo‘riqlamaganida «temiryo‘lchilar» g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Qobuljonov o‘z vaqtida «Loko»da o‘ynagani uchun bo‘lsa kerak, sobiq jamoasiga qarshi bor kuchi bilan harakat qildi.
Bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar mag‘lubiyatdan qutilib qolishdi. Bu vaziyatda chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni Sherzodbek Karimov golga aylantirdi.
Gollar: Abdulaziz Yusupov 75, Sherzod Karimov 90+5
«Surxon»: Sardor Qobuljonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov (Asror G‘ofurov, 74), Abdulaziz Yusupov (Azamat Allaniyozov, 90+1), Abror Ismoilov (Lukas de Oliveyra, 64), Eldor Boymatov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliev, Darko Stanoevich.
Zaxira: Asilbek Amanov, Azamat Ahmedov, Azamat Isroilov, Shohnazar Norbekov, Suhrob Ne’matov, Sanjar Ahmedov.
«Lokomotiv»: Javohir Ilyosov, Sherzodbek Karimov, Anzur Ismoilov, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev (Arslonmirat Amanov, 77), Ariagner Smit (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 68), Yovan Jokich, Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteev (Diyorjon Turopov, 81)
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Javohir Sohibov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Javohir Esonqulov, Dilshod Komilov.
Ogohlantirishlar: Oston O‘runov 29, Rahmatullo Berdimurodov 48, Yovan Jokich 65, Husniddin G‘ofurov 84
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Rasuljon Fozilov, Shohruh A’zamov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Sardor Qudratullaev
3600 tomoshabin.
Samvel Babayan: - Bir necha kun ichida bir raqib bilan ikki marta, bunday noqulay ob-havoda o‘ynash juda qiyin. Yigitlarning bugungi ko‘rsatgan o‘yinlaridan mamnunman. Ular g‘alabaga loyiq edilar. Men uchun jamoam har bir o‘yinda mana shunday maksimal ravishda harakat qilishlari juda muhim. Futbolchilar kurashishyapti, faqatgina shu orqali g‘alabalar qo‘lga kiritiladi. Uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz uchun vaziyatlardan foydalanishimiz shart edi.
Natija borasida aytib o‘tishim mumkinki, muxlislar ham ikki tomon ham bunga rozi bo‘lishlari kerak. Sardor Qobuljonov ajoyib o‘yin namoyish qildi. Bizning tarbiyalanuvchimiz, biz futbol yo‘llarini ochgan darvozabon shunday darajaga etgani quvonarli, albatta.
"Surxon" muxlislari uchrashuv davomida bizga ruhiy bosim berishga harakat qilib turishdi.
Kubokda g‘alabaga erishganidan keyin "Surxon" o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirib yuborgandi. Shuning uchun bugungi bellashuv qiyin o‘tishini bilgandik.
«PAXTAKOR» - «BUXORO» 5:0
O‘yinda yaqqol ustunlik qilgan "sherlar" raqibni osonlik bilan taslim etishdi. Gollarga hujumda faol harakat qiladigan futbolchilar – Igor Sergeev, Marat Bikmaev va Dragan Cheran mualliflik qilishdi. E’tiborli tomoni shundaki, uch o‘yinchi hozircha Superliga bahslarida birgalikda 35 to‘p muallifi bo‘lib ulgurishdi. Cheran hisobida 18, Sergeevda 9 va Bikmaevda 8 gol mavjud.
Cheranning pasidan so‘ng Sergeev hisobni ochdi. 12-daqiqada Bikmaev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi. 23-daqiqada esa Cheran chiroyli hujumni yakuniga etkazdi. To‘pni unga Sayfiev etkazib bergandi. Ikkinchi bo‘limda ham oldinga borishdan charchamagan mezbonlar yana ikki bor darvozani ishg‘ol etishdi. Bikmaev yaqin masofadan gol urdi. Cheran esa mavsumdagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qildi. Jarima maydoni tashqarisidan Dragan to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashlashga erishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Paxtakor" yaqin ta’qibchisini 13 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Gollar: Igor Sergeev 6, Marat Bikmaev 12, 64, Dragan Cheran 23, 67.
«Paxtakor»: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Egor Krimets, Farruh Sayfiev, Sardor Sobirxo‘jaev, Vladimir Kozak (Bobur Asqarov, 80), Marat Bikmaev (Dostonbek Hamdamov, 68), Dragan Cheran (Anvar G‘ofurov, 74), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Ruslan Roziev, Humoyunmirzo Iminov, Shohruh Mahmudhojiev, Marko Simich.
«Buxoro»: Rahimjon Davronov, Bobur Omonov, Sardor Sulaymonov (Vili Isiani, 70), Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Jaba Lipartia, Tohir Shamsitdinov (Behruz Sa’dilloev, 70), Davronbek Umirov (Salamat Quttiboev, 23), Milovan Kapor, Fatxullo Fatxulloev, Artyom Kulesha.
Zaxira: Shohjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Asil Begimqulov, Murod Bobojonov, Anvarjon Jo‘raev.
Ogohlantirishlar: Davronbek Umirov 12, Ergash Ismoilov 41, Salamat Quttiboev 45, Vladimir Kozak 59, Tohir Shamsitdinov 69.
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Ramil Ilyasov.
6781 tomoshabin.
Muhsin Muhammadiev: - Jamoamiz ilk 25 daqiqalikda o‘yinga psixologik tayyor emas edi. 50 metrdan to‘p kelayotgan vaqtda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yildi va oqibatida birinchi gol yuzaga keldi. Keyin esa jarima zarbasi va shu bilan barchasi yakunlandi. Maydon egalarining chempionlik uchun kurashayotgani hamda boshqa omillarning ta’siri biz uchun ahamiyatli bo‘lmasligi kerak edi. Biroq, bugun «Paxtakor» kuchliroq ko‘rindi. O‘yinda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Oddiy xato va shundan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. «Paxtakor»ga qarshi bahsda xato qilish kerak emas axir. Hozir jamoamizga gol ura oladigan hujumchi etishmayapti.
Shota Arveladze: - Yigitlarga ajoyib o‘yin va g‘alaba uchun rahmat aytaman. Ular juda yaxshi harakat qilishdi, ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Bahsni to‘liq nazorat qildik. Ertangi bo‘lib o‘tadigan tadbirlardan oldin hammasi yaxshi bo‘lishini xohlagandim. 11 avgust kuni 1979 yilgi jamoani chin yurakdan, mehr bilan yodga olamiz.
Oldinda bizni hali ko‘plab o‘yinlar kutmoqda. 10 uchrashuv va 30 ochko o‘ynaladi. Shu sababli xotirjamlikka berilmaymiz. Yirik g‘alabalar ishonchni orttiradi, ammo bu bo‘shashtirmaydi. O‘zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashishni istaymiz. "Lokomotiv" bilan oradagi farq bunchalik oshib ketishini kutmagandim. Ularda yaxshi tarkib bor, ammo ba’zida futbolda ishlaring o‘xshamaydi.
«NAVBAHOR» - AGMK 0:1
Namanganga tashrif buyurgan olmaliqliklar 2010, 2011 hamda 2013 yilgi mavsumlardagi muvaffaqiyatni takrorlashdi.
Birinchi bo‘lim mehmonlar uchun omadli o‘tdi. Ayniqsa, dastlabki daqiqalarda mezbonlar tomonidan uyushtirilgan xavfli vaziyatni Kasyan samarali yakunlay olmadi. So‘ngra AGMK ham faollikni oshirdi va tanaffus yaqinida bu o‘z mevasini berdi. Burchakdan Elguja Grigalashvilining to‘p oshirishidan keyin Jasurbek Yaxshiboev sherigi Zafar Polvonovga golli uzatma berdi. Hujumchi boshi bilan darvozani ishg‘ol etdi.
53-daqiqada olmaliqliklar darvozasiga penalti belgilandi. Bu holatda Jarima maydonchasi ichida Bobur Yuldashev raqib hujumchisi Aleksandr Kasyanni yiqitdi. Aziz Turg‘unboev esa 11 mentli nuqtadan gol ura olmadi.
Shu tariqa, olmaliqliklar Namangandan muhim va kerakli g‘alaba bilan qaytishni uddaladi. Bunga qadar mehmonlar 2010, 2011 va 2013 yillarda "Navbahor"ni safarda taslim etishgandi. Oxirgi bor 6 yil avval qayd etilgan muvaffaqiyat esa yana takrorlandi.
O‘z navbatida, Zafar Polvonov mavsumning ikkinchi qismidagi barcha musobaqalarda maydonni golsiz tark etmayapti. Hujumchi ketma-ket to‘rtinchi bellashuvda ham golli seriyasini davom ettirdi.
Gol: Zafar Polvonov 41
«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Shahzod Shaymanov (Abbosjon G‘ulomov, 46), Ivan Solovev, Azizbek Turg‘unboev (Aziz Ibragimov, 80), Aleksandr Kasyan (Sherzod Hakimov, 65), Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Ilhom Alijonov, Amirbek Jo‘raboev.
Zaxira: Dilshod Hamroev, Abdulhay Ismoilov, Jahongir Mehmonov, G‘iyosjon Komilov, Ayubxon Nomanov, Nodir Mavlonov.
AGMK: Suhrob Sultonov, Erkin Boydullaev, Dilshod Jo‘raev, Elguja Grigalashvili (Jasurbek Umarov, 61), San’at Shixov, Zafar Polvonov, Akmal Shorahmedov, Sardor Rahmonov, Vladislav Kasminin (Boburbek Yuldashev, 38), Igor Zonich, Jasurbek Yaxshiboev (Mirg‘iyos Sulaymonov, 75).
Zaxira: Akbar To‘raev, Mirjamol Qosimov, Jasurbek Hakimov, Murodjon Toshmatov, Saydullo Rahmatov, Shahzodbek Nurmatov.
Ogohlantirishlar: Vladislav Kasminin 18, Boburbek Yuldashev 52, Azim Ahmedov 83.
Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Serazetdinov, Aleksandr Sidorov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.
7215 tomoshabin.
Mirjalol Qosimov: - Avvalambor, butun O‘zbekiston ahlini, muxlislarni AGMK jamoasi nomidan Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman.
Bahs juda ham qiziqarli o‘tdi. Stadiondagi muhit va maydon holati ham ajoyib darajada. Kurashlarga boy o‘yinni ko‘rdik. Qolaversa, omadimiz ham keldi. Birinchi bo‘lim boshida, ya’ni Kasyan birga-bir chiqib, gol urganida bahs boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Yigitlarimiz esa oxirigacha kurashib, xarakter ko‘rsatishdi. Oldin ham, hozir ham aytaman, vodiyda «Navbahor»ga qarshi o‘ynash juda ham qiyin kechadi. Sababi, muxlislarning 12-o‘yinchi bo‘lib qo‘llab-quvvatlashi futbolchini yugirishga majbur qiladi. Oxirgi vaqtlarda «Navbahor»ga ozgina omad etishmayapti. O‘ylaymanki, keyinchalik barchasi o‘z joyiga qaytadi. Biz ham ishqibozlarga yoqadigan o‘yin namoyish etishni istamoqdamiz. Jamoamiz hali yangi va ular bir-birini tushunib ketishi uchun ozgina vaqt kerak. Bugungi natijadan qoniqdim, o‘yinni esa kuchaytirishimiz lozim.
Deyan Jurjevich: - Albatta, o‘z maydoningda mag‘lubiyatga uchrash alamli. Lekin futbolda kutilmagan holatlar uchrab turadi. Garchi raqibga qaraganda ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lsak-da, ulardan samarali tarzda foydalana olmadik. Shu jumladan, jarima zarbalari va penaltidan ham foydalana bilmadik. Lekin yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etib, oxirigacha kurashishdi. Faqatgina mehmonlar standart vaziyatni amalga oshirishayotgan paytda biroz hushyorlikni yo‘qotishdi. Ushbu yagona gol esa afsuski, uchrashuv taqdirini hal qildi.
Shogirdlarim borasida alohida gapirishni yoqtirmayman. Garchi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmagan bo‘lsa-da, Aleksandr Kasyan mahoratli futbolchi.
NASAF - BUNYoDKOR 3:1
O‘yinni mezbonlar ustunlik bilan boshlashdi. Bunga mos ravishda ko‘plab havfli vaziyatlar ham aynan qarshiliklar tomonidan sodir etildi.
Taym o‘rtalarida Lufulla To‘raev jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam uni ogohlantirdi. Penaltidan Azizjon G‘aniev samarali foydalandi.
Tanaffusdan so‘ng “qaldirg‘ochlar” e’tiborlarini vaziyatni o‘nglashga qaratishdi. 55-daqiqada mehmonlar navbatdagi hujumni tashkil qilishda xatolikka yo‘l qo‘yishdi. Raqibdan to‘pni olib qo‘ygan Bobir Abdixoliqov qarshi hujumda “Bunyodkor” darvozasini ishg‘ol etdi.
Poytaxtliklar taslim bo‘lishmadi. 90-daqiqada G‘olib G‘aybullaev jarima maydoni ichida “Bunyodkor” futbolchisiga nisban o‘yin qoidasini buzdi, penalti. Xurshid G‘iyosov amalga oshirgan jarima zarbasini Abduvohid Ne’matov bartaraf etdi, ammo undan qaytgan to‘pni Shohruh Gadoev darvozaga joyladi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Humoyun Murtozaev oradagi farqni 3:1 ko‘rinishga keltirdi.
Gollar: Azizjon G‘aniev penalti 26, Bobir Abdixoliqov 55, Shohruh Gadoev 90, Humoyun Murtozaev 90+3
Gol urilmagan penalti: Xurshid G‘iyosov 90 (“Bunyodkor”).
«Nasaf»: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev, Azizjon G‘aniev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozaev, Bobir Abdixoliqov (Doniyorjon Narzullaev, 72), Sharof Muhitdinov, Sardor Abduraimov (Akmal Mozgovoy, 66), Islom Rashidxonov (Xurshidbek Muxtorov, 83), Sherzod Nasrullaev, Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: Mashxurjon Muhammadjonov, Azamat Soyibov, Husniddin Aliqulov, Jo‘rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Islom Kenjaboev.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Jasur Jaloliddinov (Javohir Qahramonov, 57), Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Sanjar Tursunov, 79), Sanjar Qodirqulov, Shohruh Gadoev, Evgen Chumak (Boburbek Farhodov, 63), Abudlla Abudlaev.
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Dmitry Ostrovskiy, Sanjar Rixsiboev, Muhammadodil Qaxramonov.
Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘raev 25, G‘olib G‘aybullaev 38, Shohruh Gadoev 65, Boburbek Farhodov 77, Sharof Muhitdinov 77, Humoyun Murtozaev 90+3.
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Rustam Choriev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Aleksandr Davidenko
8756 tomoshabin.
Vadim Abramov: - O‘zimizning xatolarimiz sabab mag‘lubiyatga uchradik. “Nasaf”ga qarshi qanday o‘ynashini bilardik. Kamchiliklarimizni to‘g‘rilashda oqsadik. 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turganingda vaziyatni o‘nglash qiyin.
Ro‘ziqul Berdiev: - Avvalambor, Qurbon hayiti bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.
Uchrashuv nazoratimiz ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limda raqib jarima maydoni yonida pressing qo‘llab ularni xato qilishga majbur qildik. Dastlabki taymda darvoza bir marta ishg‘ol etilgan bo‘lsa ham ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Pressingda ko‘p kuch yo‘qotganligimiz tufayli ikkinchi 45 daqiqalikda asosan himoyaga e’tibor qaratdik. “Bunyodkor” jamoasini erkin harakat qilishga imkon bermadik. O‘zingizga ma’lum, raqib to‘pni nazorat qiladi. Yigitlarga raqibni imkon qadar to‘psiz qoldirishni va ularga bosim o‘tkazishni tayinlagan edim. Shogirdlarim berilgan ko‘rsatmalarni bajarishdi.
Bobir Abdixoliqov gol urishni biladi. U vaziyatdan unumli foydalandi. O‘ylaymanki, ushbu muvaffaqiyat unga keying o‘yinlarda ham yordam beradi.
METALLURG - ANDIJON 0:2
Aleksandr Xomyakov vodiy klubi o‘yinida o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. “Metallurg” esa avvalgi turda “Nasaf”ni Qarshida mag‘lubiyatga uchratgandi. Mana shu va boshqa omillar sabab o‘yinga qiziqish etarli darajada edi.
Bellashuv keskin kurashlar ostida kechdi. Buni ko‘rsatilgan 9 ta sariq va bitta qizil kartochkadan ham bilsa bo‘ladi.
33-daqiqada Shahzodbek Ubaydullaev markazdan oshirilgan to‘pga raqib himoyachisidan ko‘ra tezroq yugurib etib keldi va darvozaning pastki uzoq burchagini ishg‘ol etdi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Suhrob Nurulloev raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ikkinchi marta ogohlantirilib, qiyin vaziyatdan jamoasiga “pand” berdi.
Ikkinchi taymda bekobodliklar mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun ancha ter to‘kishdi. Ammo vaziyatni o‘nglay olishmadi. Boz ustiga andijonliklar o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada yana bir marta gol urib, ortlariga uch ochko bilan qaytishdi.
Gollar: Shahzodbek Ubaydullaev 33, Davronbek Isoqov 90+3
«Metallurg»: Zafar Safoev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloev, Islombek Isoqjonov (Zohid Abdullaev, 51), Bahrom Abdurahimov (Server Jeparov, 79), Muzaffar Muzaffarov, Shavkat Mullajonov (Sergey Tumasyan, 81), Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.
Zaxira: Akmal Tursunboev, Doniyor Usmonov, Hudoyshukur Sattorov, Shahzodbek G‘ofurbekov, Andrey Shipilov, Muhammad Isaev.
«Andijon»: Ruslan Matniyozov, Farhod Bekmuratov (Baxtiyor Qosimov, 46), Shahzodbek Ubaydullaev, Dilshodbek Rahmatullaev, Sardor Azimov, Ro‘zimboy Ahmedov (Davronbek Isoqov, 59), Qahramon Bahodirov (Farhod Miraxmatov, 70), Radosav Aleksich, Xushnud Avilov, Abror Xusinov, Bobur Akbarov.
Zaxira: Vitaliy Mirniy, Ibrohim Otaxonov, Oybek Qilichev, Abdulloh Olimov, Ildar Mamatkazin, Doniyor Abdumannopov.
Ogohlantirishlar: Islombek Isoqjonov 10, Farhod Bekmuratov 12, Suhrob Nuruldloev 23, Baxtiyor Qosimov 70, Shavkat Mullajonov 77, Bobir Akbarov 78, Sardor Azimov 82, Bahodir Pardaev 90+1, Ruslan Matniyozov 90+2.
Chetlatish: Suhrob Nurulloev 39
Hakamlar: Asker Najafaliev, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov
Nazoratchi: G‘ayrat Karimov
Komissar: Shohruh Said
2357 tomoshabin.
Aleksandr Xomyakov: - Safarda ham g‘alaba qozona olishimizni amalda isbotlaganlari uchun, irodalarini ishga solishgani uchun shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Ular ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi. Raqibni zaif nuqtasini topa oldik. Mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolgani uchun qolaversa, o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchrayotgani bois bor e’tiborini hujumga qaratdi. Biz himoyaga urg‘u berib, qarshi hujumda ularni jazolashni kutdik. Maqsadimizga erishdik. Muxlislarga alohida rahmat aytishim kerak, olis yo‘l bo‘lsa ham bizni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurganlariga.
Andrey Shipilov: - Ikkinchi davrani yaxshi boshlagandik. AGMK va "Nasaf" jamoalarini mag‘lub etgandik. Qarshidagi bellashuvdan so‘ng yigitlarga hotirjamlikka berilmasdan, keyingi o‘yinga tiklanishimiz kerakligini aytgandim. 33-daqiqagacha yomon o‘ynamadik. Ajoyib imkoniyat yaratilgandi, lekin undan foydalana olmadik. "Andijon" jamoasi va uning bosh murabbiyini yaxshi bilganim uchun shogirdlarimdan ehtiyotkorlikni talab qilgandim. Bilmadim, futbolchilarimni xayolidan nimalar o‘tdi, keraksiz paytda gol qo‘yib yubordik. Ularning hujum chizig‘i kuchli ekanligini, Ro‘zim Ahmedovdan hayiqqandik. U birinchi bo‘limda kurashgan vaziyatlarida barcha to‘plarni yutdi. Biz esa bir kishi kam qolganimizdan keyin yaxshi o‘ynadik. Bir qator vaziyatlarni sodir etdik. Chetlatish jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. "Andijon" taktik jihatdan kuchli o‘yin namoyish etdi va haqli g‘alabaga erishdi. Ular Namanganda ham, Olmaliqda ham shunday o‘ynashgandi. Mening shogirdlarim esa sust harakat qilishdi. Ularni ruhlantira olmaganligim uchun murabbiy sifatida aybdor ekanligimni sezib turibman.
SO‘G‘DIYoNA - QIZILQUM 1:0
“So‘g‘diyona” to‘xtamaydiganga o‘xshaydi. Har holda hozircha shunday. Jizzaxliklar qiyin bo‘lsa ham g‘alaba qoxonishmoqda. Avvallari aytganimizdek, Ulug‘bek Baqoev jamoani tom ma’noda “uyg‘otdi”.
Hamidjon Aktamov jamoasini esa tushunib yiqin. Bir qarasang Namanganda “Navbahor”ni yutib keladi-da, keyin ancha vaqt muammolar girdobida yuradi. Deyarli barchaga yutkazadi yoki arang durang o‘ynaydi.
Bu uchrashuvning favoriti aniq edi. Ammo jizzaxliklar o‘z uylaridagi g‘alabani osonlikcha qo‘lga kiritishmadi. Navoiyliklar ham kurashishdi. Biroq oxirgi paytlarda “So‘g‘diyona”ning muhim gollarini urayotgan Shohruz Norxonov jamoasi joniga oro kirdi. Hujumchining birinchi taymda urgan goli mezbonlarga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi.
Gol: Shohruz Norxonov 45+3
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboev, 89), Shohruz Norxonov (Muhammadanas Hasanov, 73), Jasur Hasanov, Ivan Nagaev, Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziev.
Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Siroj Meliev, Izzat Abdullaev, Sahob Rashidov, Dian Talxatov, Daniel Nasriddinov.
«Qizilqum»: Evgeniy Cheremisin, Alisher Sanoev, Lasha Totadze, Stiven Piter Lustitsa (Vohid Shodiev, 46), Salim Mustafoev, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev (Saidjamol Davlatjonov, 78), Azizbek Usmonov, Ruslan Margiev, Mate Vatsadze, Doston Ibragimov (Sunnatilla Abdullajonov, 74).
Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Fayzullo Qambarov, Mirjalol Qosimov, sardor Jahonov.
Ogohlantirishlar: Doston Ibragimov 42, Azizbek Usmonov 56, Milan Mitrovich 90, Alisher Sanoev 90+3.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Sherzod Rajabov
7002 tomoshabin.
Hamidjon Aktamov: - Barchani Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman.
Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv durangga mos edi. Hakam ko‘p vaziyatlarda xato qildimi yoki ko‘rmay qoldimi, bilmayman. Bunday tajribali referidan buni kutmagandim. Darvozabonga ishlatilgan qo‘pollik, qolaversa, hakam o‘yinni to‘xtitib turganda bizning futbolchilarga murabbiylardan tushuntirish ishlari olib borilayotganda raqib gol urdi va u hisobga olindi. Hullas umuman tushunmadim, nega unday bo‘lganini.
Boshqa tomondan o‘yin yaxshi chiqdi. Ammo omad etishmadi.
Ulug‘bek Baqoev: - Avvalambor, O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklayman. Xalqimizga oilaviy baxt, sihat-salomatlik tilayman.
Uchrashuv juda og‘ir o‘tdi. Ozroq qo‘rqqan edik. "Qizilqum" jamoasi turnir jadvalining xavfli xududida turgani bois ular ham ochko yo‘qotmaslik uchun maydonga tushishlarini kutgandik.
Birinchi taymda yorqin o‘yin ko‘rsatdik, ikkinchi 45 daqiqalikda esa yigitlar bo‘shashishdi. Muhimi zafar quchdik. Jizzaxliklarni bugungi ajoyib g‘alaba bilan muborakbod etaman.
Fikrlar